At Tashkent State University of Oriental Studies, a cultural and educational musical event entitled “The National Army Is Our Honor and Pride” was held in celebration of January 14 — Defenders of the Motherland Day and the 34th anniversary of the establishment of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan.


Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlik va yoshlar bilan ishlash departamenti rahbari, polkovnik Bahrom Zulfiqorov, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.



Tadbirni universitet rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va milliy armiyamiz tashkil etilganining 34 yilligi bilan qutladi. Shuningdek, polkovnik Bahrom Zulfiqorov yoshlarni harbiy tayyorgarlik, mudofaa sohasi va milliy armiyaning hozirgi zamonaviy talablarga javob berishi, imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdi va mamlakatimizning xavfsizlik siyosatidagi muhim yutuqlarga alohida to’xtalib o’tdi.



Bu kabi ma’rifiy-musiqiy tadbir, nafaqat, yoshlar o‘rtasida milliy armiyamizga bo‘lgan hurmat va munosabatni kuchaytirish, balki mamlakat taraqqiyoti va tinchligini ta’minlashdagi har bir fuqaroning jonli ishtirokiga chaqirish uchun muhim dastur bo’lib xizmat qiladi.

