Turk filologiyasi kafedrasi
![]() |
Kenjayeva Poshshajon Umidovna | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Filologiya fanlari doktori, dotsent. | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (9:00-17:00) | |
Tel.: | +99894 6223229 | |
E-mail: | umid7780@inbox.ru |
Kafedra tarixi
Turk filologiyasi kafedrasi dastlab 1990-yilda Oltoyshunoslik nomi bilan tashkil etilgan. 1991- yildan kafedra Turkiy tillar nomi bilan ataldi. 2020-yilda kafedra nomi Turk filologiyasi deb nomlandi. Oltoyshunoslik kafedrasida uyg’ur, turk, koreys, yapon tillari o‘qitilgan. Keyinchalik, bu yo‘nalishlar mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi: turk filologiyasi, uyg’urshunoslik.
Bugungi kunda Turk filologiyasi kafedrasi elimizda turkshunoslik yo‘nalishida ta’lim berayotgan va ilmiy izlanish olib borayotgan yetakchi markazdir.
Kafedraga uzoq yillar akademik A.Rustamov rahbarlik qildi. 1999-yildan boshlab f.f.d., prof. Q.Sodiqov, keyinchalik f.f.d., prof. Q.Omonov, f.f.n., dots. J.Shabanov, f.f.d., prof. Z.Xudoyberganova va f.f.n, dots. U.Lafasov mudirlik qildi. 2019-yildan buyon kafedra mudiri lavozimida f.f.d., dots. P.Kenjayeva faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedrada ta’lim ikki yo‘nalishda – bakalavrlik va magistrlik bosqichlarida olib boriladi. Ilk bosqichda turk filologiyasi (turk tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlanadi. Turk filologiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari turk filologiyasi kafedrasidan tashqari, yana mumtoz sharq filologiyasi, sharq falsafasi, xorijiy mamlakatlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, jahon siyosati va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti kafedralarining talabalariga ham ta’lim berib kelmoqda.
Uyg‘ur tilini o‘qitish ham kafedraning ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Uyg‘ur tili turk filologiyasi, xitoy filologiyasi kafedralarida qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi.
Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
5120100-filologiya va tillarni o‘qitish
Kafedraning magistratura mutaxassisligi:
5A 120102-lingvistika
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat yo‘nalishi:
Sharqshunoslikka kirish
Asosiy sharq tili (turk tili)
Turkcha so’zlashuv
Turk adabiyoti
Turk tili filologiyasiga kirish
Turk tilini o‘qitish metodikasi
Turk tilining nazariy grammatikasi
Sinxron tarjima
Asosiy sharq tili (uyg‘ur tili)
Uygʻur adabiyoti
Eski turk tili
Turkcha matn tahlili
Magistratura yo‘nalishi:
Mutaxassislikning nazariy masalalari
Lingvistik tadqiqotlarmetodologiyasi
Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari
Mutaxassislikka oid maxsus adabiyoti tahlili
O‘rganilayotgan til tarixi
Turk tili stilistikasi
Turk tili dialektologiyasi
O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati va siyosati
Ilmiy tahrir asoslari
Turk tilida nutq madaniyatı
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
Usmonli turk tili
Kafedraning professor-o‘qituvchilari:
Kenjayeva Poshshajon – filologiya fanlari doktori, dotsent
Omonov Qudratilla – filologiya fanlari doktori, professor
Islamjanova Xafiza – filologiya fanlari doktori, professor
Shabanov Jumali – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Demir Sezgin – filologiya fanlari doktori, dotsent
Aydemir Fikri – filologiya fanlari doktori
Yildiz Chetin – filologiya fanlari doktori
Aminova Lola – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Imomova Xolida – PhD, dotsent
Kayumova Mehriniso – katta o’qituvchi
Toshaliyeva Sarvara – o’qituvchi
Gisarov Farhod – o‘qituvchi
Aripov Muhammadjon – o‘qituvchi
Salimova Zebo –o’qituvchi
Karimova Shaxnoza – stajor-o’qituvchi
Shabanova Sadaf – stajor-o’qituvchi
Boltaboyeva Hulkar – stajor-o’qituvchi
Kafedraning hamkor tashkilotlari:
O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti
O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
O‘zFA Adabiyot muzeyi
TDSHU qoshidagi Xorijiy tillar akademik litseyi
Kafedraning xalqaro hamkorligi:
Turkiya – Anqara Hoji Bayram Vali universiteti
Turkiya – Anqara Gazi universiteti
Turkiya – Marmara universiteti
Turkiya – Istanbul universiteti
Turkiya – Hajettepe universiteti
Turkiya – Anqara universiteti
Turkiya – Turk Dil Kurumu
Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari:
X.Islomjanova.Путеводитель по языковедческим дициплинам (2010)
L.Aminova. Turk tilidan tarjima amaliyoti (2010)
J.Shabanov, X.Xamidov.Turk tilining imlo qoidalari (2010)
V.S.Yelok, P.Kenjayeva. Kutilmagan mehmon (2011)
Q.Omonov.O‘rganilayotgan mamlakat (Turkiya)da til vaziyati (2013)
Z.Xudoyberganova.Mutaxassislikning nazariy masalalari (2013)
J.Shabanov. Oshiqlar bo‘stonidan guldasta (2016)
P.Kenjayeva. XX asr turk hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari (2017)
J.Shabanov, N.Altinboyev.Asosiy organilayotgan til (turk tili, 2018)
L.Aminova, N.Altinboyev. Turk tili (2018)
P.Kenjayeva. Turk adabiyoti (darslik I qism, 2019)
X.Imomova. Turk tili leksikologiyasi (2019)
M.Kayumova, L.Aminova, Turk tili (2019)
P.Kenjayeva. Turk adabiyoti (darslik II qism, 2020)
P.Kenjayeva. Turk folklori (2020)
L.Aminova, S.Shabanova. Turk tili (2020)
M.Kayumova, Turk tili (2020)
J.Shabanov. Turk adabiyotida oshiqlik san’ati (2020)
F.Gisarov. Uyg’ur tili (2020)
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:
Sharq mamlakatlari tillarini o‘rganish (turk, uyg’ur) va mutaxassislikning nazariy masalalari;
Turk tilining shakllanishi va tarixiy takomili;
Turk tilidagi shevalarning asosi va bugungi kundagi ahamiyati;
Turk adabiyoti tarixining taraqqiyot bosqichlari;
Usmonli turk tiliga kirish.
Fotolavhalar
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: