Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkshunoslik fakulteti “G’arb tillari” kafedrasida “Language, Culture, Literature and Linguistics” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

18.06.2022, 12:10 Yangiliklar 1510

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turkshunoslik fakulteti “G’arb tillari” kafedrasi professor-o’qituvchilari 2022-yil 17-iyun kuni “Language, Culture, Literature and Linguistics” (tillar, madaniyat, adabiyot va lingvistika) mavzusida  ilmiy-amaliy anjuman o’tkazdi. Anjuman universitet prorektori A.A Vohidov tomonidan ochib berildi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi kafedraning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada yaxshi yo’lga qo’yishdan iborat bo’lgani bois mazkur anjumanda Westminster universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan professor-o’qituvchilar hamda Britaniya kengashi vakillari ishtirok etishdi.

Professor-o’qituvchilar alohida 5 ta sho’baga bo’linib, til, madaniyat, adabiyot va lingvistika sohasiga doir eng dolzarb mavzular muhokama qilindi. Har bir sho’ba o’z yo’nalish va maqsadlariga ega bo’lib, ular quyidagicha tasniflandi:

photo_2022-06-18_12-07-57

1 – sho’ba – Innovation in English (ingliz tili o’qitishdagi innovatsiyalar)

2 – sho’ba – Language and Culture (til va madaniyat)

3 – sho’ba – Language assessment (til o’qitishda baholash tizimi)

4 – sho’ba – Teacher development (o’qituvchining kasbiy o’sishi)

5 – sho’ba – English for specific purposes (muayyan maqsadlar uchun ingliz tili)

photo_2022-06-18_11-55-18

Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda barcha qatnashchilar o’zlarining ilmiy tajribalari bilan o’rtoqlashishdi. Anjumanning barcha qatnashchilari mavzuga oid nutqlarini taqdimot orqali yoritib berdilar. Ilmiy-amaliy anjuman barcha ishtirokchilar uchun muzokaralarga boy va juda foydali bo’ldi. Anjuman qatnashchilarning mehnati ijobiy baholandi.

Ishtirokchilarni rag’batlantirish va anjumanni yanada qiziqarli o’tkazish maqsadida tadbir so’ngida barcha qatnashchilar o’rtasida eng yaxshi nutq sohibini aniqlash uchun maxsus so’rovnoma o’tkazildi. Eng faol ishtirokchilar sovg’alar va sertifikatlar bilan taqdirlandi va bu ilmiy-amaliy anjuman barchada ijobiy taassurot qoldirdi.