Universitet Kengashi
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI KENGASHI
Universitetning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida universitet Kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, universitet Kengashining ilmiy kotibi, universitet monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Kengashning boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga oliy ta’lim muassasasining muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.
Kengashning maqsadi – universitet jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlarda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.
Universitet Kengashi:
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsusm ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlarining bajarilishini nazorat qilib boradi;
– Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarining qatiy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;
– fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, akademik litseylar, universitet qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan extiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
– ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
– universitet rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
– fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga ko‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;
– “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul kilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor- o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;
– jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchisi (kafedra mudiri) lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkaziladigan kengash yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakilining ishtirokida o‘tkazadi;
– professor, dotsent ilmiy unvonini olish uchun nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;
– universitet bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;
– ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;
– tayanch doktoranturada ta’lim oluvchilarning kirish imtihonlari natijasi to‘g‘risidagi qabul komissiyasi majlisi bayonnomasini, doktoranturada ta’lim oluvchi talabgorlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalarini va qabul qilingan doktorant hamda tayanch doktorantlarning dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi;
– iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “El yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;
– universitet iqtidorli talabalari safidan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stependiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
– “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
– asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustaxkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
– xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
– ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida raxbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
– universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
Kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi. Universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlariga doir barcha masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari ochik ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tadigan tanlovlar va takdimnomalar yuzasidan qarorlar yopik ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan universitet Kengashining tarkibida 44 nafar a’zo.
TDSHU KENGASHI A’ZOLARI
№ | Кенгash a’zosining ismi, sharifi | Kengаsh а’zosining lаvozimi |
1. | Rixsiyeva Gulchehra Shovkatovna | Universitet rektori, Kengash raisi |
2. | Sayfullayev Durbek Baxtiyarovich | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor. Kengash raisi o‘rinbosari |
3. | Pulatova Malohat Rixsibayevna | Universitet Kengashi ilmiy kotibi |
4. | Shukurov Asilbek Kamalbekovich | Rektor maslahatchisi |
5. | Omonov Qudratilla Sharipovich | Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor |
6. | Abdullayev Nodir Abdulhayevich | O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor. TDSHU qoshidagi litsey ijrochi direktori |
7. | Mirziyatov Shuhrat Mirgiyazovich | Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor |
8. | Mirzahmedova Hulkar Vasilovna | Sharq xalqlari tili va adabiyoti instituti direktori v.b. |
9. | Arifjonov G‘ulom To‘rajonovich | Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti direktori v.b. |
10. | Askarov Mirzoxid Maxammadjonovich | Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti dekani v.b. |
11. | Vaxidov Avazbek Ashiralievich | Amaliy fanlar fakulteti dekani
|
12. | Bultakov Ikrom Yusupovich | Arabshunoslik oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
13. A | Nuriddinov Nodir Nurmat o‘g‘li | Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
14. | Aripov Muxammadjon Pulatbayevich | Turkshunoslik oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
15. | Xodjayeva Nilufar Bekmuradovna | Janubiy-Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
16. | Xolmurzayeva Nodira Toshmurzayevna | Yaponshunoslik oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
17. | Eon Sangheum | Koreyashunoslik oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
18. | Xasanova Feruza Mirzabekovna | Xitoyshunoslik oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
19. | Mustafayeva Samida Toshmuhammedovna | Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi boshlig‘i v.b. |
20. | Bo‘ronov Suxrob Muhammad o‘g‘li | Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri v.b. |
21. | Sattiqulova Gavharniso Axmadxanovna | Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri v.b. |
22. | Vaxidova Mehri Hasanovna | Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi mudiri v.b. |
23. | Husanov Chori Qodirovich | Turizm kafedrasi mudiri v.b. |
24. | Ikramov Shavkat Iskandarovich | Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi mudiri v.b. |
25. | Alimov Zuhriddin Isamutdinovich | Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi mudiri v.b. |
26. | Sulaymonov Jasur Baxtiyarovich | Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi mudiri v.b. |
27. | Saidakbarova Saodat Parxadjanovna | G‘arb tillari kafedrasi mudiri v.b. |
28. | Abdullayeva Shoira Xomidovna | Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri v.b. |
29. | Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillayevna | Strategik rivojlantirish va transformatsiya boshqarmasi boshlig‘i v.b. |
30. | Karimov Nodir Raxmanqulovich | Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i v.b. |
31. | Umarova Saodat Mahkamovna | O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i |
32. | Mahkamova Saida Xafizovna | Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshdig‘i |
33. | Zakirjanova Feruza Yo‘ldashevna | Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i |
34. | Saidov Shavkat Jumaboyevich | Magistratura bo‘limi boshlig‘i |
35. | Suyarov Komiljon Sattorovich | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi |