Global muammolar tahlili: BRM 1 – BRM 2 ochiq darsi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Sobirova Go’zaloy tomonidan Yaponshunoslik fakultetining 3-bosqich Yapon filologiyasi yo‘nalishi talabalari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida BRM 1 va BRM 2 — “O‘ta qashshoqlikka barham berish” va “Ochlikka barham berish” mavzulariga bag‘ishlangan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur dars mashg‘uloti dunyoda mavjud ijtimoiy tengsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, resurslarga teng imkoniyat yaratish va kambag‘allikni bartaraf etish kabi dolzarb masalalarni ingliz tili kontekstida muhokama qilishga qaratildi. Dars davomida talabalar nafaqat BMT maqsadlari bilan yaqindan tanishdilar, balki o‘z nuqtai nazarlarini ingliz tilida ifodalash, fikr almashish, va real hayotiy vaziyatlarga nisbatan tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday ochiq darslar nafaqat ingliz tili fani doirasida nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, balki talabalarni zamonaviy bilimlarga ega yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
