Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Ege universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
2021-yil 25-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Ege universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumini onlayn imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
TDShU va Ege universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum ikki universitet rektorlari tomonidan imzolandi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashish, birgalikda tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini targ‘ib etish, o‘quv adabiyotlar almashinuviga ko‘maklashishni qamrab olgan hamkorlik kelishuvida fakultet dekanlari ham qatnashdilar.Fakultetlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki hamkor universitetning 3 ta fakulteti dekanlari ham ushbu memorandumga imzo qo’ydilar.
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin👇🏻
https://uza.uz/uz/posts/tdshuning-yangi-hamkori-ege-universiteti_244578