Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Ege universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

26.02.2021, 01:12 Yangiliklar 1768

2021-yil 25-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Ege universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumini onlayn imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 TDShU va Ege universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum ikki universitet rektorlari tomonidan imzolandi.  Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashish, birgalikda tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini targ‘ib etish, o‘quv adabiyotlar almashinuviga ko‘maklashishni qamrab olgan hamkorlik kelishuvida fakultet dekanlari ham qatnashdilar.Fakultetlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki hamkor  universitetning 3 ta fakulteti dekanlari ham ushbu memorandumga imzo qo’ydilar.  

Batafsil ma’lumotlarni  quyidagi havola orqali olishingiz mumkin👇🏻

https://uza.uz/uz/posts/tdshuning-yangi-hamkori-ege-universiteti_244578