TDSHUda yapon tili bo‘yicha 29-respublika notiqlik ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
2021-yil 17-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yapon tili bo‘yicha 29-respublika notiqlik ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovining raisi sifatida ishtirok etgan O‘zbekistondagi Yaponiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama kirish so‘zida: “Men O‘zbekistonda juda ko‘p talabalar yapon tilini o‘rganayotganidan benihoya ma’mnunman. Bugun tanlov ishtirokchilari o‘zlarining kundalik mashg‘ulotlari natijalarini to‘liq namoyish etishiga ishonaman. Bunday tanlovlarda ishtirok etish, shubhasiz, siz yaponshunos yoshlari uchun katta tajriba bo‘ladi”, deb ta’kidladi.
Qizg’in o’tgan ushbu ko‘rik-tanlovda TDSHUning yaponshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Asadbek Jamoliddinov g‘alaba qozonib, yapon tili bo‘yicha Markaziy Osiyo tanloviga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, tadbirda qatnashgan boshlanishini sovrindorlar, ishtirokchilar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o’rnida aytshimiz joizki, tanlovda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Qorqalpoq davlat universiteti talabalari hamda TDSHU qoshidagi akademik lisey, O‘zbek-Yapon markazi (UJC), Noriko o‘quv markazi tahsil oluvchilari ishtirok etdi.