Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekistonning Turk kengashi davlatlari bilan hamkorligi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

01.05.2021, 12:47 Yangiliklar 2306

2021- yilning 30-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turkiy Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tashkilotchiligida “O‘zbekistonning Turk kengashi davlatlari bilan hamkorligi” mavzusida onlayn formatda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya ishida Vengriya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekistonlik xalqaro ekspertlar, olimlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, davlat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilot vakillari qatnashdi.

Anjumanda Turkiya Kengashiga a’zo davlatlarning rivojlanish holati, o‘zaro hamkorlikni tashkil etishning dolzarb masalallari, mintaqa davlatlarining iqtisodiy, madaniy, ta’lim va boshqa sohalardagi rivojlanish istiqbollari va o‘zaro aloqalari kabi mavzular yuzasidan maruzalar o‘qilib, mavzu yuzasidan muhakamalar qilindi.

Konferensiyada shuningdek, jahon siyosatida kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarishlar sharoitida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarining konseptual jihatlari, mazkur davlatlar tashqi siyosatidagi yangi tendensiyalar hamda ularni o‘rganish muammolari va istiqbollari, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik tashkilotining xalqaro munosabatlardagi, xususan, “Sharq va Gʻarb” muloqoti kontekstidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, xalqaro loyihalar doirasidagi o‘zaro aloqalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek konferensiyada turli OAV vakillari ham qatnashdilar.

https://uza.uz/uz/posts/halqaro-konferenciya-ozbekistonning-turkiy-tilli-davlatlar-hamkorlik-kengashi-bilan-hamkorligiga-bagishlandi_262969👇🏻

https://dunyo.info/ru/site/inner/na_konferentsii_v_tashkente_obsuzhdeni_novie_tendentsii_vo_vzaimootnosheniyah_tyurkoyazichnih_gosudarstv-2wt

E3258F8A-0482-4C8C-AA8F-60C90D5572FF      CAA86385-6F56-4CCD-9D75-6E7D9879D6C2       85482E2C-2724-49A1-A18F-19E6C40526C1

E3258F8A-0482-4C8C-AA8F-60C90D5572FF      5836F942-08BB-4361-A7B8-81662FD8E1CA       3F32B72F-E391-4129-AF9F-C0C59F43CBF6
26D50AA0-8F4B-4667-8F2B-D3EAA607D207      E07481C3-E2B5-4C93-9EF2-BD8FEDF3876A       E62D88E0-9BDB-43D5-A55B-D46333A94D01


2C59CD59-24C3-45FB-B528-4527616846BB      F65E1A30-E9C0-465B-B129-426CDB4F3784       02F68E1C-7F87-4AAD-BB09-C0D9B8D02985
D1F56A2A-E29A-4D1C-AE5D-7F47034E51E5      65211C6E-0BC5-4299-A23C-E3A63AD044F2