Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Pokiston: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikning bugungi holati va istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

12.07.2021, 20:28 Yangiliklar 2119

2021-yil 15-16 iyul kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon ilk bora rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Shuningdek, shu kunlari Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Mazkur konferensiya, shubhasiz, joriy haftaning eng muhim tadbiri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan bugun 2021-yil 12-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston-Pokiston: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikning bugungi holati va istiqbollari” mavzusida chet ellik ekspertlar ishtirokida onlayn formatda xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari F.Sidiqov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov so‘zga chiqib, ayni paytda yangicha konstruktiv ruhda rivojlanib borayotgan ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi munosabatlarning bugungi kuni va istiqbollari borasida, shuningdek, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari orqali o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva va SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Q.Sobirov anjumanni tashkil etish maqsadini batafsil sharhlab berishar ekan, O‘zbekistonning Pokiston bilan o‘zaro aloqalarining rivojlanish tendensiyalari, o‘ziga xos yo‘nalishlari, erishgan yutuqlari, bugungi kunda shakllanayotgan Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqaviy o‘zaro bog‘liqligi doirasidagi yangi bosqichining mohiyati, unga ta’sir etuvchi omillarni, shart-sharoitlarni ilmiy mushohada qilish, aloqalarni rivojlantirish uchun ilgari surilayotgan O‘zbekiston tashabbuslarining ahamiyatini xalqaro va milliy ekspert jamoasi bilan muhokoma etish va keng jamoatchilikka yetkazish va yangi g‘oyalar va konseptual yondashuvlar ishlab chiqishdan iborat ekanligini ma’lum qilishdi.

Xalqaro davra suhbatida o‘zbekistonlik sharqshunos-siyosatshunos professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar bilan birga Pokiston, Rossiya, AQSH, Xitoy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari va ekspertlari ishtirok etdi. Xususan, Pokistonning Tinchlik va diplomatiya tadqiqotlari instituti direktori Muhammad Nur Asif, Mojarolarni hal qilish instituti ijrochi direktori Sabah Aslam, J.Marshal nomidagi Xavfsizlik masalalarini tadqiq etish Yevropa markazi professori Gregori Glison, Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i Aleksandr Vorobyov, Xitoyning Shensi pedagogika universitetidagi Afg‘onistonni o‘rganish instituti professori Li Sinvey kabi nufuzli ekspertlarning o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgani davra suhbatidagi ilmiy muhokamalarning keng qamrovi bo‘lishini va xulosalarining amaliy ahamiyatini ta’minlab berdi.

Xususan, anjumanda yangi O‘zbekiston tashqi siyosatida Pokiston bilan o‘zaro hamkorligining ahamiyati, ikki davlat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari; Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik doirasidagi aloqalarning yangi qamrovi; o‘zaro hamkorlikni rivojiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar; pandemiya va undan keyingi sharoitda o‘zaro hamkorlik; O‘zbekiston va Pokistonning haqmkorligidagi imkoniyatlar va yangi vazifalar, transafg‘on transport koridorlarining holati va istiqboli atroflicha muhokama etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkazilgan xalqaro davra suhbati ishtirokchilari muhokamalar yakunida bu kabi tadbirlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega, ekanligini alohida qayd etidilar.

https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-pokiston-mintaqaviy-ozaro-bogliqlikning-bugungi-holati-va-istiqbollari_284169

 

B8ABC4CD-42C0-440A-A264-E309206FD883

 

E92B0A99-D029-4727-9283-50F69FEA501C

9D27EDBF-E180-4FA2-9317-4A01AD35E6D7

D049527E-CA05-4984-87F5-5EE603E6AD87

A8F56C65-8B31-42C1-9DF3-3FCFA0428D01

9CAB69FC-A8C9-44A5-BA84-BCAA2164D5D6

9A3F27DD-4C26-4F4B-91F5-E93928F7AEE9

E92B0A99-D029-4727-9283-50F69FEA501C

2E8C178C-5DEA-459D-B114-86EF1AC049AF