Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi

 

 1 Voxidova Mehri Xasanovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Dushanba-Juma (9:30 -15:30)
Tel.: +998 93 661 72 46
E-mail: mehri_voxidova@tsuos.uz

“Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedrasi

TDShI rektorining 1994-yilning 11 – sentabrdagi R-185 sonli qaroriga asosan, “Xorijiy Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi tashkil etilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 2020-yil 15 – maydagi 1-sonli majlis qaroriga muvofiq kafedra “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turzim” deb qayta nomlandi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha sharq tillari bilan)
  • 60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

Kafedrada magistratura mutaxassisliklari

  • 70411902   Tashqi iqtisodiy faoliyat (tashqi savdo faoliyati)
  • 71010401- Turizm (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

         Bakavlavriaturada:

61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha sharq tillari bilan) ta’lim yo‘nalishida– makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, turizm asoslari, turizm iqtisodi va geografiyasi, turizmda servis xizmatlari, turimda biznes, turizmda marketing, turizmda menejment, xorijiy sharq mamlakatlarida turizm, turizmda loyihalashtirish va prognozlashtirish, turizm etikasi, turizmda transport va logistika, innovatsion turizm, turizmda gidlik, mehmonhona boshqaruvi, turizmda tadbirlar boshqaruvi, turagentliklar va turoperatorlarning xizmatlarini tashkil etish texnologiyalari kabi fanlar o‘qitiladi.

60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar ta’lim yo‘nalishida – makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon iqtisodiy geografiyasi, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, tashqi iqtisoidy faoliyat, O‘zbekiston jahon xo‘jaligi tizimida va bir qator tanlov fanlar fanlar o’qitiladi.

Magistratura mutaxassisligida:

70411902 – Tashqi iqtisodiy faoliyat (tashqi savdo faoliyati) mutaxassisligida – Globallashuv va mintaqaviy iqtisodiy integratsiya, geoiqtisodiyot va milliy taraqqiyot xususiyatlarixalqaro savdo, xalqaro biznes, xalqaro marketing, xalqaro turizm, xalqaro moliya, to’lov balansi, xorijiy sharq mamlakatlarida investitsiyalar, xorijiy sharq mamlakatlarining tashqi iqtisodiy aloqalari, xalqaro mehnat bozori ba migratsiya, xalqaro soliqqa tortish, xalqaro bank ishi va sug’urta, erkin iqtisodiy hududlar, Xorijiy Sharq mamlakatlarida ilmiy texnika va innovatsiya siyosati xususiyatlari, Islom-bank moliya tizimi kabi fanlar o’qitiladi.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

Kafedraning ilmiy-uslubiy salohiyatidan samarali foydalangan holda, har yili respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Ularning ayrimlari quyidagilar:

  • “Milliy iqtisodiyotda liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari (Xorij va O‘zbekiston tajribasi)”ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2018 yil 20 aprel;
  • “Barqaror iqtisodiy o‘sishni taʻminlashning innovatsion omillari: xorijiy mamlakatlar tajribasi, imkoniyatlar  va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani. 2019 yil 20 aprel;
  • “Jahon iqtisodiyotining zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi talabalar konferensiyasi. 2019 yil 5 dekabr;
  • “Xorijiy sharq mamlakatlari savdo-iqtisodiy munosabatlarining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida magistrantlar, doktorant hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida workshop, ToshDShI 2020 yil 21 fevral;
  • “Postpandemiya sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyat: muammo va yechimlar mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2021 yil 4 dekabr;
  • Raqamlashtirish sharoitida xorij mamlakatlarida turizmning rivojlansih muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2023 yil 20 dekabr.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

Kafedra jamoasi ilmiy, pedagogik, o‘quv-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishlarda respublikamizning qator davlat tashkilotlari, banklar, xorijiy va mahalliy korxonalar, turagentliklar, oliy o‘quv muassasalari turdosh kafedralari, ilmiy tadqiqot markazlari va nashriyotlari bilan hamkorlik aloqalarini tashkil etgan. Ular quyidagilar:

Vazirlik, qo’mita, ilmiy tashkiliy markazlar:

  1. O’zbekston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
  2. O’zbekiston Respulikasi madaniy obidalar va Turizm vazirligi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
  5. TDIU qoshidagi O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqotlar markazi
  6. Respublika aholi bandligi va mehnatni mohofaza qilish ilmiy markazi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ijtimoiy tadqiqotlar markazi
  8. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”
  9. Davlat ilmiy nashriyoti
  10. “Innovasion ta’lim” o‘quv markazi
  11. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasi.

Oliy o’quv yurtlari:

  1. Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
  2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  3. Toshkent moliya instituti
  4. Qirg’iziston Respublikasining Bishkek davlat universiteti
  5. Koreya Respublikasining Xalqaro iqtisodiy siyosat instituti

Iqtisodiy tashkilotlar, banklar, maxsus hududlar:

  1. TIF Milly Banki
  2. Ipak Yo’li Banki
  3. “Travel Advisor” MChJ
  4. “Winter holiday” MChJ
  5. «Lumier»mehmonxonasi
  6. «Asia Tashkent»mehmonxonasi
  7. «Intercontinental»mehmonxonasi
  8. “Navoi” Erkin iqtisodiy zonasi
  9. City Palace mehmonxonasi
  10. Hotel Pro mehmonxonasi

Kafedraning xalqaro hamkorligi

Kafedra Latviyaning Xalqaro Boltiq akamiyasi, Hindistonning Jamia Millia Islamiya univeriteti, Turkiyaning Haci Beyrem Vali universiteti, Koreya Respublikasining Youngnam va Kyung Hee universitetlari, Vengriyaning Cornivus, Misr Arab Respublikasining Helwan  universitetlari, Fransiyaning Cefam, Rossiyaning Qozon Federal Universiteti, Qirg’iziston Respublikasining Bishkek davlat universiteti, Malayziyaning Saint Islam universitetlari bilan ilmiy-pedagogik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mazkur universitet professor –o‘qituvchilar kafedra kesimidagi fanlar bo‘yicha ta’lim beradilar.

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

07.06.2024, 15:02 15937