Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Kazakbayev Hikmatilla Ismatullayevich | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Katta o’qituvchi | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqti: | Har kuni (10:00-15:00) | |
Telefon: | +998900067071 | |
E-mail: | xikmatilla_kazakbayev@tsuos.uz |
Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil qilindi va xitoyshunoslik universitetning tayanch yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2014 yil 20-sentabrda Xitoyshunoslik fakulteti tashkil etildi. 2020 yil sentabrdan “Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi ta’sis etildi. Hozirda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, va 6 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedraning ilmiy loyihasi
Kafedrada monografiyalar, ilmiy risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tarzida chop etilib, tarixchi-mutaxassislar, talabalar e’tiboriga havola qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda 5 ta monografiya, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 70 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etildi.
Kafedraning o‘qituvchilari va izlanuvchilari doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash yo‘lida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda hamda ilmiy izlanuvchilik faoliyati doirasida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlamoqdalar.
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O’zRFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik universiteti;
- ToshDShU qoshidagi o’zbek-xitoy “Konfutsiy” nomidagi instituti;
- A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markaziy instituti;
- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi;
- O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar