Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Chet ellik talabalar uchun

1. Qabul 2025: Xorijdagi vatandoshlar uchun qoʻshimcha davlat grantlari asosida oʻqishga qabul qilish uchun tanlovga ro’yxatdan o’tish!

 

2. ON-LINE QABUL Chet ellik  talabalar uchun qabul

VIDEO

 

2025/2026-OQUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI BAKALAVRIATINING KUNDUZGI TALIM SHAKLI BOYICHA OQISHGA QABUL QILISH PARAMETRLARINING TALIM YONALISHLARI

Shifr Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
60220300 Tarix +  
60220500 Falsafa +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili + +
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: hind tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: malay tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: indonez tili +  
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili +  
60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili +  
60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: dariy tili +  
60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: pushtu tili +  
60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fors tili +  
60110900 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili +  
60230400 Kompyuter lingvistikasi +  
60310200 Xalqaro munosabatlar + +
60310300 Psixologiya +  
60410100 Iqtisodiyot + +
60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar + +
61010400 Turizm va mehmondo‘stlik +  

 

2025/2026-O‘QUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIMAGISTRATURASI BO‘YIChA O‘QISHGA QABUL QILISh PARAMETRLARINING MUTAXASSISLIKLAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

Shifr Mutaxassisliklar Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
70110901 Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili +  
70230104 Adabiyotshunoslik (sharq adabiyoti) +  
70230105 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik +  
70230101 Lingvistika (sharq tillari) + +
70230201 Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik +  
70230202 Sinxron tarjima (sharq tillari) +  
70230401 Kompyuter lingvistikasi +  
70320101 Jurnalistika +  
70310301 Psixologiya +  
70220301 Tarix + +
70220302 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot +  
70220502 Sharq falsafasi va madaniyati +  
70220503 Tasavvuf germenevtikasi +  
70220601 Etnografiya, etnologiya va antropologiya +  
70310201 Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar + +
70410108 Mintaqaviy iqtisodiyot +  
70411102 Tashqi iqtisodiy faoliyat + +
71010401 Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) +  

1 YILLIK MAGISTRATURA DASTURLARI!

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xorijlik talabalar uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 1 yillik magistratura dasturiga qabul e’lon qiladi.

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat (70411102)
  • Lingvistika: Xitoy tili (70230101)
  • Xalqaro munosabatlar (70310201)

O‘qish muddati: 1 yil
Ta’lim tili: Rus tili / Ingliz tili

Ushbu dastur orqali siz bir yil ichida yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura diplomiga ega bo‘lasiz! Bir yilda xalqaro darajadagi diplom olib, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro munosabatlar yoki xitoy tili sohasida yetakchi mutaxassisga aylanasiz, global mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘lib, xalqaro muhitda ishlash tajribasi va til ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.

 

Hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddati

  1. Hujjatlar 2025-yilning 5-iyunidan 1-avgustiga qadar qabul qilinadi.
  2. Hujjatlar universitet saytining online platformasi orqali topshiriladi (www.tsuos.uz).
  3. Pasportning skaner varianti (PDF shaklida).
  4. Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti topshiriladi. Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner varianti topshiriladi (PDF shaklida).
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli foto sur’at (JPEG shaklida).
  • Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni qabul qilish muddatlari uzaytirilishi mumkin
  • (Bog‘lanish uchun Tel.raqamlar:  +99871 233 29 85) (Telegram: +99820 011 25 00) olmas.qalandarov24@gmail.com

Universitetga o‘qishga qabul qilish tartibi

TDSHUning bakalavriatda o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha universitet qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgustning birinchi  o‘n kunligida onlayn va offlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

TDSHU magistraturasida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari qabul komissiyasi tomonidan tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgustning birinchi  o‘n kunligida onlayn va offlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

To‘lov tartibi

  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada (o‘zbek so‘mida) amalga oshiriladi. To‘lovni har bir semestr uchun alohida amalga oshirish mumkin.
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi Bakalvriat Magistratura
 O‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr O‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr
Filologiya

(tillar bo‘yicha)

17 600 000 8 800 000 8 800 000 17 985 000 8 992 500 8 992 500
Gumanitar yo‘nalish (Tarix, Falsafa) 17 600 000 8 800 000 8 800 000 17 985 000 8 992 500 8 992 500
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, Turizm 17 600 000 8 800 000 8 800 000 17 985 000 8 992 500 8 992 500
Xalqaro munosabatlar 17 600 000 8 800 000 8 800 000 17 985 000 8 992 500 8 992 500

Kontrakt narxlari yangi o’quv yilida o’zgarishi mumkin.

Yashash sharoitlari

Xalqaro bo‘lim universitetning chet ellik talabalariga viza/ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam beradi.

Til o‘qitish kurslari

O‘zbek, rus va sharq tillarini o‘rganishni istagan chet el fuqarolari TDShU qoshidagi Til markazda kurslarga yozilishlari mumkin. Kurslarning davomiyligi 6 va 10 oy. O‘qish davri oxirida Til markazining talabalari sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

Til kurslariga kirish uchun universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish so‘raladi:

  1. til kurslariga qabul qilish uchun ariza;
  2. sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
  3. passport nusxasi;
  4. rezyume;
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli 4 dona fotosur’at.

Til kurslari uchun to‘lov shartlari darslar soniga bog’liq.

 

21.10.2025, 16:07 49469