Chet ellik talabalar uchun
XORIJIY ABITURIYENTLAR UCHUN BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA DASTURLARIGA RO‘YXATDAN O‘TISH
XORIJIY FUQAROLAR UCHUN TIL KURSIGA QABUL BO‘YICHA RO‘YXATDAN O‘TISH
VIDEO
1 YILLIK MAGISTRATURA DASTURLARI!
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xorijlik talabalar uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 1 yillik magistratura dasturiga qabul e’lon qiladi.
- Tashqi iqtisodiy faoliyat (70411102)
O‘qish muddati: 1 yil
Ta’lim tili: Rus tili / Ingliz tili
Ushbu dastur orqali siz bir yil ichida yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura diplomiga ega bo‘lasiz! Bir yilda xalqaro darajadagi diplom olib, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro munosabatlar yoki xitoy tili sohasida yetakchi mutaxassisga aylanasiz, global mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘lib, xalqaro muhitda ishlash tajribasi va til ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.
HUJJATLAR RO‘YXATI
- Hujjatlar online platforma orqali topshiriladi
- Pasportning skaner varianti (PDF shakli).
- Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti topshiriladi.
- Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner varianti topshiriladi (PDF shaklida).
- 3,5×4,5 o‘lchamli foto sur’at (JPEG shaklida).
- Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni qabul qilish muddatlari uzaytirilishi mumkin
- (Bog‘lanish uchun Tel.raqamlar: +99871 233 29 85) (Telegram: +99820 011 25 00)
UNIVERSITETGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI
TDSHU bakalavriat va magistraturasida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha universitet qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar; suhbat avgust oyining birinchi o‘n kunligida onlayn yoki oflayn shaklda, rus yoki o‘zbek tillarida tashkil etiladi.
TO‘LOV TARTIBI
- Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada (o‘zbek so‘mida) amalga oshiriladi.
YASHASH SHAROITLARI
Xalqaro bo‘lim universitetning chet ellik talabalariga viza/ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam beradi.
Til o‘qitish kurslari
O‘zbek, rus va sharq tillarini o‘rganishni istagan chet el fuqarolari TDShU qoshidagi Til markazda kurslarga yozilishlari mumkin. Kurslarning davomiyligi 6 va 10 oy. O‘qish davri oxirida Til markazining talabalari sertifikatlarga ega bo‘ladilar.
Til kurslariga kirish uchun universitetga quyidagi hujjatlarni taqdim etish so‘raladi:
- til kurslariga qabul qilish uchun ariza;
- sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
- passport nusxasi;
- rezyume;
- 3,5×4,5 o‘lchamli 4 dona fotosur’at.
Til kurslari uchun to‘lov shartlari darslar soniga bog’liq.

