Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ayrim noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi

11.09.2020, 09:26 Yangiliklar 1720

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun
(O‘RQ-629-son, 21.07.2020 y.)

Qonun bilan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeks 197⁵-modda bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, ta’lim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Bunday huquqbuzarlik uchun
FUQAROLARGA 1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming
• MANSABDOR ShAXSLARGA 1 mln 561 ming so‘mdan 3 mln 345 ming so‘mgacha jarima qo‘llanishi mumkin.
Ushbu huquqbuzarlik sodir etilganda ta’lim muassasasining pedagog xodimi ma’muriy BAYoNNOMA TUZMASDAN o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda boshqa zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l bergan haydovchilar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etish maxsus texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va MA’MURIY ISh TUGATILADI.
Transport vositalarining to‘siqsiz o‘tib ketishiga halaqit berish bir yil davomida takror sodir etilsa, 5 mln 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilishi mumkin (amalda 4 mln 460 ming so‘m edi).
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun JAVOBGARLIK ChORALARI KUChAYTIRILDI.
Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini reseptsiz sotganlik uchun MA’MURIY VA JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANDI.
• tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzganlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun
(O‘RQ-629-son, 21.07.2020 y.)