Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Bugungi jahonda Navro‘z” to‘plamida TDSHU professor-o’qituvchilarining ilmiy maqolalari e’lon qilindi

23.03.2026, 11:08 Yangiliklar 197

Alloma Tabotabayi universitetida dunyoning 9 ta mamlakatidan 50 nafar taniqli olim va professorlar ishtirokida Navro‘z bayramining jahonda nishonlanish tarixi va urf-odatlariga bag‘ishlangan “Bugungi jahonda Navro‘z” ilmiy to‘plami nashr etildi.

Mazkur nufuzli to‘plamdan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq falsafasi va germenevtika” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori, sharqshunos-manbashunos, tasavvufshunos Komiljon Rahimovning “O‘zbekistonda Navro‘z” nomli ilmiy maqolasi munosib o‘rin oldi.

Maqolada Navro‘z bayramining O‘zbekistondagi tarixiy ildizlari, uning ma’naviy-ruhiy ahamiyati hamda milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni chuqur ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, bayramning xalq hayotidagi o‘rni va umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati keng yoritilgan.
Shu bilan birga, Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi ustozlari Muhammad Rizo Asloniy hamda DSc, dotsent Oydin Turdiyevaning “نوروز: از سنت تا شیوه زندگی”, shuningdek, PhD., katta o‘qituvchi Xilolaxon Uktamovaning “تجلی فرهنگ و مدنیت در حوزه فرغانه: تحلیل مردمشناختی جشن نوروز در اندیجان، نمنگان و فرغانه” nomli ilmiy maqolalari ham Alloma Tabotabayi University tomonidan nashr etilgan “نوروز در جهان امروز: روایت هایی از پژوهشگران سپهر فرهنگی نوروز” ilmiy to‘plamidan joy oldi.
Ushbu yutuq — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Alloma Tabotabayi University o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan mustahkam ilmiy hamkorlik hamda xalqaro loyihalar doirasidagi samarali faoliyatning yorqin natijasidir.

نوروز نامه