Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Boshqaruv sohasida ERASMUS loyihasidagi ishtirok

Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi loyihalari doirasida 2022-yilning 22-30 iyul kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhsinov Avazmuhammad Nosirovichning Fransiyaning Lyon shahrida joylashgan “IGS Group” va CEFAM (Centre d’Etudes Franco-Américain de Management) universitetga qisqa muddatli stajirovka o‘tash maqsadida xizmat safari amalga oshirildi.

“Training mobility”dan ko‘zlangan asosiy maqsad universitetning tashkiliy, boshqaruv masalalarini bilan tanishish, o‘quv jarayonini tashkil etish tajribasini o‘ganish va universitetlararo xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilishdan iborat. A.Muhsinov xalqaro mobillik doirasida OTM boshqaruv apparati xodimlari bilan uchrashib, universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish, malaka oshirish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha malakasini oshirdi.

2022-yil 29-30-iyul kunlari “IGS Group” xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Valida Mechri  va uning xodimi Lucile Gouffon bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ular bilan hamkorlik doirasida CEFAMda 1 semestr davomida ta’lim olgan 6 nafar TDSHU talabasining akademik natijalari hamda malaka oshirganligi bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Hamkor tomondan TDSHU talabalarining o‘z sohalari doirasida o‘qish va malaka oshirish natijalari yuqoriligi qayd etildi. Suhbat so‘ngida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va “IGS Group” assotsiatsiyasi bilan Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi doirasida hamkorlini davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida “IGS Group” xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Valida Mechri tomonidan 2023-yilda TDSHU bilan hamkorlikni davom ettirish taklifi bildirildi va 2023-yilda Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

photo_2023-08-10_11-42-46

10.08.2023, 11:45 958