Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mehnat qilish amaliyoti

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida barcha xodimlar va professor-o’qituvchilarga hech bo’lmaganda mahalliy yashash minimumi yoki to’rt kishilik oila uchun mahalliy moliyaviy qashshoqlik ko’rsatkichi (soatlik ish haqi sifatida ifodalangan) sifatida belgilangan yashash minimumini to’lash amaliyoti mavjud.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun ish turi, lavozimi, stavkasi, o‘quv yuklamasi, universitet rivoji uchun qo‘shayotgan hissasiga qarab, KPI bo‘yicha tegishli tartibda oylik maosh bilan ta’minlaydi. Jamoa shartnomasining “Mehnatga haq to‘lash. Kafolatli to‘lovlar kompensatsiya to‘lovlari” deb nomlangan 5-bob:

52-bandiga muvofiq Mehnat haqi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi;

53-bandiga muvofiq ish haqinini to‘lash muddatlari:

Birinchi yarim oy uchun – joriy oyning 18-sanasida; Ikkinchi yarim oy uchun – keyingi oyning 5-sanasida to‘lab kelinmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-son qaroriga muvofiq, qo‘shimcha haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hajmini rejalashtirish belgilangan. Unga ko‘ra falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar lavozim maoshining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha haq va fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xodimlar lavozim maoshining 60 foizi miqdoridagi qo‘shimcha haq to‘lash amalga oshiriladi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga pedagog kadrlarni ishga qabul qilish universitet nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. Nizom Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga pedagog kadrlarni ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Universitetga pedagog kadrlarni tanlov asosida qabul qilishning maqsadi ta’lim jarayonini chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, zamonaviy talablar darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali yangi pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlashdir.

 

25.09.2023, 16:02 843