Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mehnat amaliyoti va kasaba uyushmasi faoliyati

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkilot sifatida kasaba uyushmalari va mehnat huquqlarini hamma uchun, shu jumladan, ayollar va xorijiy xodimlar uchun ham tan oladi.

Boshlang‘ich tashkilot sifatida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi universitet xodimlarini, shu jumladan ayollar va xorijiy xodimlarni huquqlarini himoya qilish bo‘yicha saylab qo‘yiladigan va kollegial organlari orqali quyidagilarni amalga oshiradi:

– Byudjetdan tashqari tushgan va iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan kasaba uyushmasi a’zolarini imkon doirasida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib turish;

– Mehnat jamoasining ehtiyojmand a’zolari, nafaqadagi mehnat faxriylari va nogironlarga byudjetdan tashqari tushgan mablag‘lar hisobidan moddiy yordam ko‘rsatishga ko‘proq e’tibor qaratish;

– Institutda uzoq muddat samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarning 60-70-80 yubiley yoshlarida, keksa ustozlarni mehnat nafaqasiga kuzatishda fakultet, kafedra, bo‘lim boshliqlarining tavsiyalari asosida moddiy rag‘batlantirish;

– O‘qituvchi, xodimlarning yoki ularni bolalarining nikoh to‘ylari munosabati universitetdagi mehnat stajiga binoan moddiy yordam ajratish;

– Xodimlar (o‘zi yoki ota-onasi, eri-xotin, farzandlari) vafot etishi va ma’rakalar o‘tkazishi munosabati bilan universitet moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda moddiy yordam ajratish;

– Xodimning moddiy ahvoliga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa favquloddagi vaziyatlar (uzoq muddat davom etgan kasallik, turli baxtsiz hodisalar, moddiy qiyinchilik).

– Yangi darslik, o‘quv qo‘llanmalari yaratgan mualliflarni kitob nashrdan chiqqandan keyin moddiy rag‘batlantirish va h.k

 

25.09.2023, 15:59 656