Mahalliy hamkorlik asosida raqamli salohiyatni oshirish
TDSHU o‘qituvchisi PhD. Gaziyeva Sulxiya 2024-yil 5–9-avgust kunlari BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) va «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan yozgi maktabda ekspert sifatida ishtirok etdi.
Yozgi maktab “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun demografik ma’lumotlardan foydalanish” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda respublika miqyosidagi turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etib, demografik holat, prognozlash va muammolarni hal etish bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar orqali tajriba almashdilar. Gaziyeva S. «Ichki va tashqi migratsiya bo‘yicha ma’lumotlar yuritish: muammo va yechimlar» mavzusida ma’ruza o‘qidi.
