Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Madaniyatlararo ta’lim

2024-yil 13-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida (TDSHU) «Konfutsiy institutlari va sivilizatsiyalararo o’zaro ta’lim» mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Konfutsiy institutlarining 20-yillik yubileyiga bag‘ishlangan bo’lib, O‘zbekiston va Xitoy o’rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Seminarda Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Milliy Kongressining Doimiy qo’mitasi raisi Chao Ley, Konfutsiy institutlari boshqarma boshlig‘i Chao Lianshan, Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vaziri Xu Sixin, shuningdek, ushbu nufuzli xalqaro tabdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Markaziy Osiyo Konfutsiy institutlari vakillari, Respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar davomida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy almashinuvlarni kuchaytirish va o’zaro tushunishni oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu tadbir ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, madaniyatlararo o’zaro tushunishni rivojlantirish va teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish orqali barcha uchun sifatli va inklyuziv ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etdi.

Konfutsiy institutlari xalqaro ta’lim tizimida muhim o’rin tutib, ta’limni rivojlantirish va madaniyatlararo hamkorlikni qo’llab-quvvatlash orqali ta’lim sifatini oshirishga hissa qo’shmoqda. Bunday seminarlar talabalar va o’qituvchilar uchun o’z bilim va ko’nikmalarini kengaytirish imkoniyatlarini yaratib, ta’limning global miqyosda rivojlanishiga xizmat qiladi.

https://mp.weixin.qq.com/s/2Yyf1c00cRbXhgEGITlBSw

https://tsuos.uz/tdshuda-konfutsiy-institutlari-va-svilizatsiyalararo-ozaro-talim-xalqaro-seminar-bolib-otdi/

26.06.2025, 10:42 422