Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Butunxitoy xalq vakillari Kengashining doimiy raisi tashrif buyurdi

07.07.2024, 19:21 Yangiliklar 262

2024- yil 7- iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi O‘zbekiston-Xitoy institutida  “Konfutsiy institutlari va sivilizatsiyalararo o‘zaro ta’lim” mavzusidagi Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

IMG_22711

Konfutsiy institutlarining 20 yilligi  munosabati bilan tashkil etilgan mazkur seminarda ishtirok etish uchun Butunxitoy xalq vakillari Kengashining doimiy raisi Chjao Letszi, Xalqaro xitoy tili ta‘lim fondi bosh kotibi Chjao Lenshan, Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri Xuay Szinpen tashrif buyurdilar.

IMG_22713

Shuningdek, ushbu nufuzli xalqaro tabdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Markaziy Osiyo Konfutsiy institutlari vakillari, Respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

IMG_22714

Ta’lim va fan, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi har bir qadam, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, bu hamkorlik kelajak avlodimiz, yoshlar manfaatlariga daxldor ekani quvonarlidir. Bu uzluksiz jarayon, xuddi urug‘dan qudratli daraxt o‘sgandek, mustahkam hamkorlikning shakllanishiga xizmat qiladi.

IMG_22715

L79A08853

IMG_22716

IMG_22718

IMG_1893

IMG_1914

IMG_1798

IMG_2052

IMG_1953

L79A08854

IMG_2411

IMG_2439

IMG_2712

IMG_1767

 

L79A0885