Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ruhiy salomatlik sirlari

2023 yil 10-oktabr Butunjahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti psixologi B.Kalonova hamda “Oriental” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari X.Jabborov, R.Xaydarova, D.Botirova, R.Baxtiyorovlar hamkorligida professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida “Ruhiy salomatlikning 6 kaliti” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda insonning ruhiy salomatligi jismoniy sog‘ligi kabi muhim va ruhiy salomatlik holatlari jismoniy kasalliklar kabi haqiqiy ekanligi, inson ruhan sog‘lom bo‘lgandagina o‘zini to‘laqonli sog‘lom his qilishi va ijtimoiy faol bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Seminar-trening davomida ruhiy salomatlik bo‘yicha psixotreninglar o‘tkazildi.

photo_2023-10-12_11-20-49 photo_2023-10-11_11-13-52 (2)

12.10.2023, 11:23 938