Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro simpoziumda TDSHU o‘qituvchisining ishtiroki

2022-yil 22-24 may kunlari Malayziya davlatining rasmiy tili Malay tilini rivojlantirish va uni targ’ib qilish maqsadida, Malayziya Bosh vaziri tomonidan ilk bor tashkillashtirilgan “Xalqaro Malay tili” simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda o‘nlab davlatlar qatorida O‘zbekistondan vakil bo‘lib, Malay tili o‘qituvchisi Munisa Mukhtarova o‘zining “Malay tilini rivoshlantirishda Oliy ta’limning o‘rni va dars jaryoninig muhimligi” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Simpoziumni Malayziya Bosh vaziri rasmiy nutq bilan ochib berdi. Simpoziumda 3 kunlik dastur bo‘yicha Malayziya, Indoneziya, Singapur, Tailand, Yaponiya, AQSH, Germaniya, Avstraliya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy, Janubiy Koreya, Filippin, Fransiya, Rossiya, Kambodja davlatlaridan malayshunoshunos olimlar, professor va o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Munisa Mukhtarova o‘z ma’ruzasida O’zbekiston-Malayziya davlatlarining nafaqat ta’limiy balki, iqtisodiy-siyosiy aloqalarinig tarixi va taraqqiyoti, O‘zbekiston ta’lim tizimida malay tilining so‘nggi yillardagi rivoji haqida, shu bilan birga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i haqida, Prezidentimizning chet tillarini rivojlantirish bo‘yicha qilayotgan say-harakatlari haqida malay tilida tinglovchilarga yetkazib berdi.

Simpozium 24-mayda Malayziya Bosh kotibi tomonidan rasmiy nutq bilan yakunlandi. Barcha ishtirokchilar Malayziya Bosh vaziri tomonidan imzolangan minnatdorchilik sertifikati bilan taqdirlandilar.

photo_2023-08-17_11-05-02

17.08.2023, 11:06 775