Qayta tiklanuvchi elektr energiyalaridan foydalanish chora tadbirlari
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qayta tiklanuvchi quyosh panellarini o‘rnatish ishlari tarmoq jadvali asosida bir qamcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan bu chora tadbirlarning yakuni sentabr oyining oxiriga mo‘ljallangan.
Universitetda quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha shartnomalarni tuzishda dastur asosida 760 kVt kuchlanishda o‘rnatish tasdiqlangan. Hozirgi kunda 160 kVt kuchlanishdagi panellarni o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilgan. Mazkur panellarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritish va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarmoqlariga ulash chora tadbirlari 2023-yilning 28-sentabr sanasida oxiriga yetkazilishi belgilab qo‘yilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar atrof muhitni ifloslantirishning ifloslanishi oldini olish, barqaror ekologik muhitni yaratish, sog‘lom va farovon hayotni ta’minlash uchun amalga oshiriladi.