Xalqaro reytinglar bo‘yicha seminar: OTMlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida
2024-yil 27-sentabr kuni “Oliy ta’lim muassasalari uchun strategiyalar: xalqaro reytinglarda navigatsiya” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ milliy offisi vakillari TDSHU Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’lim boshlig’i N.Imamova va boshqa yetakchi universitetlar ishtirok etdilar.
Seminardan ko’zlangan maqsad xalqaro reytinglarda (QS, THE, ARWU) universitetlarning o‘rnini yaxshilash, tajriba almashish va institutsional strategiyalarni rivojlantirishni bo‘ldi.
Taqdimotlar davomida tadqiqot sifati, o‘qitish samaradorligi, global hamkorlik va BRMlarni oliy ta’lim rejalari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu seminar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida barqaror hamkorlikni rivojlantirish va uzoq muddatli akademik yutuqlarga erishishda muhim qadam bo‘ldi.
