Global reytinglar orqali akademik hamkorlikni mustahkamlash
2024-yil 17-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda universitetning xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Nilufar Imamova Yangi O‘zbekiston universitetida o‘tkazilayotgan THE (Times Higher Education) xalqaro reyting agentligining Markaziy Osiyo Universitetlari forumida (THE Central Asia Universities Forum) ishtirok etdilar.
Mazkur forum dunyo miqyosida nufuzli hisoblangan THE agentligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik salohiyatni baholash, ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro reytinglardagi o‘rinlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
TDSHU vakillarining ushbu forumdagi ishtiroki xalqaro tajriba almashinuvi, strategik akademik sherikliklar o‘rnatish va universitetning global maydondagi mavqeini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Ushbu tashabbus nafaqat mintaqaviy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi barqaror hamkorlikni mustahkamlash, balki xalqaro reytinglarda faol ishtirok orqali ta’lim tizimining sifatini oshirishga ham xizmat qildi.
