TDSHUning xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi ishtiroki
Alisher Navoiy o‘zbek halqining ulug‘ shoiri va jahon adabiyotining buyuk namoyondalaridan biridir. Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tiliga asos solgan va o‘zbek klassik adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan buyuk so‘z san’atkori, madaniyat va ilm fan homiysi bo‘lib etishgan. Shuningdek, Nizomiy Ganjaviy ham fors tilida ijod qilgan turkiy shoir va maʼrifatparvar hisobanadi. Nizomiy Ganjaviyning hayoti haqida juda oz ma’lumot qolgan bo‘lsa-da, hayoti haqidagi yagona ma’lumot manbai uning asarlari bo‘lib, bu asarlarda ham yetarlicha ma’lumot berilmagan.
Ushbu ikki namoyondalarning xotirasiga bag‘ishlab, 2022-yil 9-fevralda Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti tashabbusi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Mirzo-Ulug‘ek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Ozarbayjon Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi, G.Aliyev nomidagi jamg‘armaning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi, Xalqaro Turkiy Akademiyasi bilan hamkorlikda “Nizomiydan Navoiygacha: vaqt bog‘lovchi rishta” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Mazkur anjumanda rektor Gulchehra Rixsieva boshchiligidagi TDSHU olimlari ham ishtirok etdi. Tadbirda Navoiy va Nizomiy hayotini o‘rgangan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar tashkil etildi.
Anjuman so‘ngida ishtirok etayotganlar tomonidan berilgan savollarga tegishlicha javoblar berildi.