Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati

So‘nggi yillarda yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning ortib borayotgani rasmiy doiralarda, huquq-tartibot organlari nashrlarida qayd etilmoqda. Mutaxassislar va kuzatuvchilar nazarida, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik hollarining ortishiga iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, ruhiy tanglik, oliy ta’lim muassasalarida axloqiy ta’limning yo‘lga qo‘yilmagani sabab bo‘lmoqda.

2022-yil 12-martda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzalarda yoshlar orasida huquqbuzarlik, bezorilik, bosqinchilik, o‘g‘irlik, talonchilik, tovlamachilik, giyohvandlik, zo‘ravonlik kabi holatlarning tobora avj olishi, hamda talabalarni shu kabi jinoyatlarni sodir etmaslik borasida fikr bildirildi. Shu bilan birga mavzuga doir videorolik namoyish etildi. Talabalar tomonidan berilgan savollar ma’ruzachilar tomonidan hayotiy voqealar misolida asoslab berildi.

Shu bilan bir qatorda, TDSHU talabalarining davomati o‘rganilib, talabalarning barchasi to‘liq darslarga qatnashayotganligi aniqlandi. Tadbir davomida talabalarga dars qoldirmaslik, darslar davomida uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik, ta’qiqlangan buyumlarni o‘zi bilan ta’lim muassasasiga olib kelmaslik va universitet ichki tartib-qoidalariga rioya etishlik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Davra suhbati so‘nggida talabalar bilan faoliyat olib boruvchi bo‘lim xodimlari bilan kelgusida hamkorlik aloqalari haqida kelishib olindi.

photo_2023-07-04_12-20-36

04.07.2023, 17:15 931