Parlamentning ayol rahbarlar sammiti
Ayol rahbarlarning jamiyatdagi rolini oshirish va mustahkamlash borasida O‘zbekiston Respublikasida bir qancha chora-tadbirlar va gender tengligi siyosati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur siyosatning amaldagi faoliyati bo‘yicha 2022-yil 8-9 sentabr kunlari Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitida BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga aʼzo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 ta davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etdilar.
Sammitda parlamentlar oldidagi ustuvor vazifalar va pandemiya sababli yuzaga kelgan inqiroz jarayonlarida gender tengligini kafolatlash, barqaror rivojlanish va farovonlikni taʼminlash, ayollarning iqtisodiyot tiklanishidagi imkoniyatlarini kengaytirish kabi sohalardagi aniq harakatlar yo‘nalishlari muhokama qilindi. Parlamentlararo Ittifoq va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamkorligida tashkil etilgan anjuman mavzusi – “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali taʼminlashda xavf-xatarlarni baholash” deb nomlandi. Unda maxsus taklif bilan TDSHU rektori G.Rixsiyeva va universitetning Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri H.Mirzaxmedovalar ayol rahbarlar sifatida ishtirok etdilar.
Shuningdek, sammitda TDSHU talaba-qizlaridan iborat jamoa volontyor-tarjimonlar sifatida ishtirok etdi va ularning yuqori darajadagi tarjimonlik faoliyatlari uchun sammit mas’ullari tomonidan rektor G.Rixsiyevaga minnatdorchilik bildirildi.