Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Abdullayeva Shoira Hamidovna | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Psixolologiya fanlari doktori, Professor | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqti: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Telefon: | +99890 333-03-30 | |
E-mail: | shoira_abdullayeva@tsuos.uz |
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasining tashkil topganiga o’ttiz bir yil bo‘ladi. U 1990 yilning sentabr oyida tashkil topgan. Kafedra o‘sha davrda “Pedagogika va Sharq tillarini o‘qitish metodikasi” deb nomlanib, unga ustozimiz f.f.d., prof. M.Abdusamatov 1990-2004 yillarda mudirlik qilgan. Kafedra 2009 yilda “Pedagogika va psixologiya” nomi bilan qayta shakllandi. 2011 yildan boshlab kafedra “Pedagogika va jismoniy tarbiya” nomi bilan faoliyat yuritadi. Kafedra 2014 yil 3 sentyabrda O‘zbekiston Republikasi Prezidentining “Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Xitoyshunoslik fakultetini tashkil topishi” bo‘yicha PP-2228 sonli qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan “Xitoyshunoslik” fakulteti tarkibiga o‘tdi. O‘tgan yillar davomida kafedrani quyidagi mutaxassislar boshqarib kelgan:
1990- 2004 yillarda – f.f.d., prof Sh.M.Abdusamatov
2010 – 2014 yillarda – p.f.n.,dos S.X.Maxkamova
2014 – 2016 yillarda -p.f.n.,dos A.A.Shayusupova
2017 – yillarda kat uqit S.R.Kamalova
2017 – 2019 yillarda -p.f.n.,dos D.A.Zaxidova
2019 – x.v -psixol.f.d.,prof Sh.X.Abdullayeva
2020 yil Toshkent davlat Sharqshunoslik institutiga Universitet maqomi berilgandan so‘ng kafedra “Pedagogika va psixologiya” nomini olib sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti tarkibigi kiritildi Kafedramizda 16 ta professor-o‘qituvchilar bor.
Kafedraning ilmiy loyhasi
- Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish (BMI, MD, PhD mavzulvri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish)
- Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash
- Tahliliy materiallar tayyorlash
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- ToshDShU qoshidagi akademik litsey.
- TDPU xuzuridagi psixologiya uquv-ilmiy markazi
- Respublika «Ma’rifat»targiborchilar markazi
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar