Doktorantura bo’limi
DOKTORANTURA BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI:
- Universitet doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi tarkibining ilmiy faoliyatini monitoringini olib borish;
- Ilmiy va pedagog xodimlar tayyorlashning yillik ish rejasi va ularning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yordamida nazorat qilinib turilishini ta’minlash;
- Doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi va talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish yo‘li bilan o‘quv jarayonini ilmiy-tadqiqotlar bilan aloqasini ta’minlashga ko‘maklashish;
- Rejalashtirilgan ilmiy ishlarning bajarish bo‘yicha universitet fakultet va kafedralari yillik hisobotini nazorat qilish;
- Konferensiya, simpozium, seminar va kengashlarni o‘tkazishni rejalashtiradi va ilmiy to‘plamlar, ilmiy konferensiya, simpozium, seminar kengash va anjumanlarni materiallarni nashr etishga ko‘maklashadi;
- Doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilik tizimiga qabul uyushtirish;
- Doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilik tizimiga qabul uyushtirish. tizimiga qabul qilinganlarning ilmiy mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini Kengashda tasdiqlash;
- Tayanch doktorantura tizimiga qabul qilish va malakaviy imtihonlarini qabul qilish bo‘yicha hay’at a’zolarini belgilash;
- Har yili belgilangan muddatlarda stajyor-tadqiqotchi, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
- Doktorantura bo‘limi ilmiy faoliyatining rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha hamkor OTMlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
- “Yosh olimlar” kengashida yosh professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchilarga ilmiy anjumanlar o‘tkazishni tashkil etish va bu anjumanlarda ularning faol ishtirok etishlarini nazorat qilish;
- Doktorantura bo‘limi o‘z faoliyatini universitetning barcha oliy maktab/kafedra, markazlar, boshqarma va bo‘limlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.