Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY–TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI

 Laziz aka TO’RAYEV LAZIZ ABDIVALI O’G’LI
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi: TDSHU Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Dushanba-Juma  (10:00-15:00)
Tel.: +998977200014
E-mail: laziz_torayev@tsuos.uz

IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY- TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO’LIMI

2020 yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora –tadbirlari togrisida”gi PQ- 4680 -sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi,  Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi  boʻlim  Nizomi va har yili universitet rektori tomonidan tasdiqlanadigan boʻlimning yillik ish rejasiga muvofiq faoliyat yuritadi. Universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi:

Boʻlimning asosiy maqsadlari:

– universitet iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy loyiha va grantlarga keng jalb etishni tashkil etish boʻlimidir;

– iqtidorli talabalar va magistrlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi,  Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishlarini taʼminlash;

– kafedralar, fakulʼtetlarda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni  nazorat qilish va boshqarish;

– talabalarga oʻz iqtidorini roʻyobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash;

– kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishiini taʼminlash;

-kasbiy tayyorgarlik boʻyicha ularning ijodiy, intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatga keng ilmiy jamoatchilikni jalb qilish;

– talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish va boshqalar.

Boʻlim quyidagi vazifalarni bajaradi:

– ilmiy faoliyatga qiziqqan mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-oʻqtuvchilarga biriktirish;

– talabalar orasida yangi startaplar, tanlovlar uchun maqola tayyorlash hamda chop etishning muhim jihatlari boʻyicha talabalar ishtirokida ilmiy seminarlarni tashkil etish;

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi,  Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovi ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston tarixi, Axborot texnologiyalari va chet tili fanlaridan qoʻshimcha darslarni tashkillashtirish;

– universitet boʻyicha iqtidorli talabalar  ilmiy jamiyatlari faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish;

– iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni “Iqtidorli talabalar” markazi qoshida birlashtirish;

–  iqtidorli talabalarning qobiliyati va qaysi yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

–  oʻqishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida monitoring oʻtkazish.

Talabalar ilmiy jamiyati faoliyati

Respublika tanlovlari

Xalqaro tanlovlar

2021-2022 Respublika tanlovlari

2021-2022 Xalqaro tanlovlar

17.09.2022, 10:16 5039