Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Jahon adabiyoti” jurnalining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

08.04.2017, 19:46 Yangiliklar 4940

“Jahon adabiyoti” jurnali mustaqillik yillarida  keng jamoatchilik o‘rtasida nihoyatda mashhur bo‘lib borayotgan, jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan xalqimizni muntazam tanishtirib, kitobxonlik muhitini yaratishga xizmat qilib kelmoqda.

2017-yilning 7-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Jahon adabiyoti” jurnalining 20 yilligi munosabati bilan  ilmiy-ijodiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda TDSHI rektori Abdurahim Mannonov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizaev,  O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, adabiyotshunos olim Naim Karimov, tarjimonlar  Amir Fayzulla, Ortiqboy Abdullaev, Ergash Ochilov, Maktuba Murtazoxo‘jayeva, Ulfat Muhibova, Adhambek Alimbekov, Ahmadjon Quronbekov, Jumali Shabanov hamda “Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati a’zolari ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar  yigirma yil mobaynida nashr etilgan jurnalda dunyo adabiyotining yuzlab taniqli namoyandalarining asarlari e’lon qilingani, jurnal o‘zbek tarjimonlik maktabini rivojlantirib, o‘zbek adabiyotini yangi ijodiy tajribalar bilan boyitishga katta hissa qo‘shib kelayotgani, shuningdek, uning sahifalarida sharqshunos-adabiyotshunos olimlarning maqolalari, sharq tillarida yaratilgan manbalarni asliyatdan  o‘zbek tiliga qilingan tarjimalari muntazam berib borilayotganini ta’kidlab o‘tdilar. Jumladan, sharqshunos mutaxassislar – hindiy adabiyotidan Amir Fayzulla, Ansoriddin Ibrohimov, Muhayyo Abdurahmonova; arab adabiyotidan Dilafruz Abdullayeva, Shahlo Ahmedova, Hulkar Sulaymonova; fors adabiyotidan Axmadjon Quronbekov; turk adabiyotidan Adhambek Alimbekov, Jumali Shabanov; tamil adabiyotidan Maktuba Murtazoxodjayeva; yapon adabiyotidan  Nodira Aminova kabilarning ilmiy-ijodiy ishlari, tarjimalari chop etilgan.

Tadqiqotchilar va talabalar tomonidan jurnalda e’lon qilingan tarjimalar bo‘yicha tarjima muammolariga oid ilmiy izlanishlarning olib borilayotgani ham tarjimashunoslik sohasining  rivojiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbir so‘ngida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan sharq xalqlari adabiyoti bo‘yicha monografiyalar va tarjimashunoslikka oid qo‘llanmalar jurnal tahririyatiga esdalik sovg‘a sifatida taqdim qilindi.

photo_2017-04-08_19-43-29 photo_2017-04-08_19-43-35 photo_2017-04-08_19-43-42 photo_2017-04-08_19-43-52 photo_2017-04-08_19-43-56 photo_2017-04-08_19-44-05 photo_2017-04-08_19-44-09 photo_2017-04-08_19-44-17