Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Konstitutsiya-bosh qomusimiz

05.12.2018, 13:00 Yangiliklar 22507

Mustaqillikni mustahkamlovchi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat sifatida belgilab beruvchi me’zon, xalq xohish-irodasi va istaklarini o‘zida ifoda etuvchi huquqiy asos Konstitusiya hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bu yil 26 yil bo’lib, mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlar, jamiyatning barcha jabhalaridagi yutuqlarda bosh qomusimizning hissasi ulkandir.

2018-yilning 4-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan Xitoyshunoslik va Sharq filologiyasi fakultetlarida talabalar hamda professor-o’qituvchilar uchun ma’ruza darsi o’tildi. Ma’ruzalarni institutning “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, s.f.d., professor U.Idirov olib bordi. Ma’ruzalar davomida mamlakatimiz Konstitutsiyasining bosh qomusimiz sifatida davlat va jamiyat boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotni isloh qilish, umuman har jabhadagi o’zgarishlar, islohotlardagi o’rni haqida so’z yuritildi. Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligini, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilganligi, inson manfaatlarining davlat manfaatlaridan ustunligi,  siyosiy plyuralizm prinsipining mustahkamlab qo’yganligi, xalq hokimiyat manbai deb e’tirof etganligi haqida so’z yuritilib, uning huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi roli haqida ta’kidlandi.

photo_2018-12-05_12-49-14 photo_2018-12-05_12-49-29