Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

KOREYA TADQIQOTLARI ILMIY-TA’LIM MARKAZI

9 Markaz direktori ABBASOVA DILFUZA KARIMBEK QIZI
Qabul vaqti: Haftaning payshanba kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha
Tel: +99899 614 91 48
e-mail: dilfuzaabbasova84@gmail.com

 

Markazning vazifalari

 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tilini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;

– Koreyashunoslik yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va koreyalik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;

– Koreya va O‘zbekistondagi til vaziyati, koreys va o‘zbek tillarini, koreys va o‘zbek madaniyatini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali koreys va o‘zbek tillari va madaniyatini dunyo miqyosida targʻib etish;

– Koreyashunoslik tadqiqi hamda Koreya Respublikasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga  zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

– Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va o‘zbek tiliga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali har ikki mamlakat  qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;

– Koreyashunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha Koreya Respublikasining hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish uchun Koreya fondi, Koreyashunoslik ilmiy-tadqiqot Akademiyasi ko‘magida yilda to‘rt marotaba “Koreya tadqiqotlari” xalqaro ilmiy jurnalini nashr etish, shuningdek, markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;

– Markaz ishiga yurtimiz va Koreya Respublikasida faoliyat olib borayotgan yetakchi koreyashunos olimlarni jalb qilish;

– Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tilini tadqiq va tahlil eta oladigan koreyashunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;

– Universitetda koreyashunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.

  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Koreyashunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tili boʻyicha amalga  oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tili  boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

– Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tilini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Oʻzbekiston va Koreya davlatlarining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

– Koreyashunoslikning turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

28.10.2024, 14:01 68