Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Navoiy va Sharq renessansi” mavzusida 5-an’anaviy xalqaro simpozium

12.01.2026, 13:06 E'lonlar 165

AXBOROT XATI

Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Navoiy va Sharq renessansi” mavzusida 5-an’anaviy xalqaro simpozium tashkil qilinmoqda. Xalqaro simpoziumga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilish rejalashtirilgan:

  • Sharq Renessansi: fan, adabiyot va madaniyat.
  • Tasavvuf she’riyati va Alisher Navoiy ijodi.
  • Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o‘rni.
  • Temuriylar davriga oid adabiy va tarixiy manbalar.
  • Alisher Navoiyning ilmiy biografiyasini yaratish muammolari.
  • Jahon navoiyshunosligi: kecha, bugun va ertaga.
  • Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish muammolari.
  • Alisher Navoiy va jahon tilshunosligi.
  • Navoiy “Xamsa”si va komparativistika masalalari.
  • Alisher Navoiy va adabiy ta’sir masalalari.
  • Alisher Navoiy ijodi yosh tadqiqotchilar nigohida (faqat tezislar qabul qilinadi).

 

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, fors va turk tillarida qabul qilinadi. Simpoziumda ishtirok etish uchun quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim: Mutaxassislar 2026-yilning 15yanvariga qadar tashkiliy qo‘mitaning elektron manziliga info@navoifound.uz  ma’ruza matnini yuborishlari soʻraladi. Tashkiliy qo‘mita materiallarni texnik tahrir qilish, shuningdek, maqola qabul qilinmaganda va qaytarilmaganda, bu bo‘yicha izoh bermaslik huquqiga ega.

Tanlab olingan maqola va tezislar “Xalqaro simpozium materiallari” to‘plami sifatida nashr etiladi. Simpozium yakunida ishtirokchilarga to‘plam va sertifikat taqdim etiladi.

Maqola va tezisni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar:

  • Maqola hajmi 12 betdan, tezis hajmi esa 3 betdan kam bo‘lmasligi lozim. Maqola va tezis matni doc formatida, lotin yozuvida, 1 intervalda, o‘ng tomondan – 15 mm, chap tomondan – 30 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib, Times New Roman 14 kegl shriftda tayyorlanadi.

Maqola tuzilishi uchun talablar:

–   maqola nomi bosh harflar bilan beriladi;

–   muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, ilmiy unvoni, ish joyi, elektron pochta manzili to‘liq keltiriladi;

–  annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmun va maqsadi, 100 ta so‘zdan kam bo‘lmasligi lozim) o‘zbek, rus, ingliz tillarida beriladi;

–  kalit so‘z va iboralar 7-10 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak;

– maqola mazmuni Kirish (Introduction), Asosiy qism (Main part), Natijalar va muhokama (Results and Discussions), Xulosalar (Conclusions), Adabiyotlar (References)dan iborat bo‘lishi lozim (tezislar uchun bu band kuchga ega emas).

– adabiyotlar alifbo tartibida keltiriladi. Havolalar har bir sahifaning ostiga belgilangan tartibda beriladi.

 

 Maqolalar quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi 20-uy.

 

Zokirov Bexzodjon

Tel.: +998 99 299 94 94  (@zokirovbekhzodjon, telegram&whatsapp)

E-mail: zbexzodz@gmail.com