Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“PhD sari qadam” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar

11.08.2025, 14:36 Yangiliklar 735

11-avgust kuni TDSHUda Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Yosh olimlar kengashi tomonidan “PhD sari qadam” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar hamda loyihaning ochilish marosimi o‘tkazildi.


Ma’lumot o‘rnida “PhD sari qadam” loyihasining 3-mavsumiga 900 nafar yosh tadqiqotchi ayol-qizlar ro‘yxatdan o‘tib, ulardan 100 nafar ishtirokchilar saralab olindi.


Iqtidorli va ilmiy tadqiqot ishlari bilan yuqori natijalarga erishayotgan tadqiqotchi ayol-qizlar faoliyatini rivojlantirish hamda ularning faoliyat jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminarda 100 nafarga yaqin ilmiy tadqiqotchilar, magistrant, doktorantlar va OAV vakillari ishtirok etdi.