Rossiyalik professordan ma’ruza darslari
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni taklif etish, ularning ilg‘or tajribalaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga 2018 yilning 28 oktyabridan – 8 noyabrigacha 5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligining 1-bosqichi o‘quv rejasiga kiritilgan “Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji” fanidan ma’ruzalarni o‘tish uchun shu sohaning mutaxassisi Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Sotsiologiya, tarix va falsafa departamenti professori, falsafa fanlari doktori, professor T.M.Maxamatov taklif etildi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Sotsiologiya, tarix va falsafa departamenti professori, falsafa fanlari doktori, professor T.M.Maxamatov 5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligining 1-bosqichi o‘quv rejasiga kiritilgan “Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji” fanidan 22 soat ma’ruzalarni o‘qidi. Bundan tashqari professor T.M.Maxamatov 2018-yil 3-noyabr kuni professor-o‘qituvchilar uchun “Ilmiy tadqiqotni tashkil etish metodologiyasi” va “Falsafani o‘qitishda innovasion texnologiyalarniqo‘llash usullari” mavzularida ochiq ma’ruza va seminar-trening o‘tkazdi. Ochiq ma’ruza va seminar-treningda kafedra professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ishtirok etishdi.