Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Rossiyalik professordan ma’ruza darslari

03.11.2018, 16:36 Yangiliklar 3510

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni taklif etish, ularning ilg‘or tajribalaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga 2018 yilning 28 oktyabridan – 8 noyabrigacha 5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligining  1-bosqichi o‘quv rejasiga kiritilgan «Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji» fanidan ma’ruzalarni o‘tish uchun  shu sohaning mutaxassisi Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Sotsiologiya, tarix va falsafa departamenti professori, falsafa fanlari doktori, professor T.M.Maxamatov taklif etildi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Sotsiologiya, tarix va falsafa departamenti professori, falsafa fanlari doktori, professor T.M.Maxamatov 5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligining  1-bosqichi o‘quv rejasiga kiritilgan «Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji» fanidan 22 soat ma’ruzalarni o‘qidi. Bundan tashqari professor T.M.Maxamatov 2018-yil 3-noyabr kuni professor-o‘qituvchilar uchun “Ilmiy tadqiqotni tashkil etish metodologiyasi” va “Falsafani o‘qitishda innovasion texnologiyalarniqo‘llash usullari” mavzularida ochiq ma’ruza va seminar-trening o‘tkazdi. Ochiq ma’ruza va seminar-treningda kafedra professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ishtirok etishdi.

 photo_2018-11-12_17-49-15                  photo_2018-11-12_17-49-33

    WordPress Lab FlashMart – Multipurpose Elementor WooCommerce WordPress Theme (10+ Homepages & Mobile Layout Ready) Flatastic Responsive Multipurpose VirtueMart Theme FlatFolio – Flat & Cool WP Portfolio Flati – Responsive Flat Design Bootstrap Template Flatkit | App UI Kit FLATPACK – Multipurpose Unbounce Pack FlatPrice – WordPress Pricing Tables Flatsome | Multi-Purpose Responsive WooCommerce Theme Flavia – Kids Shop WooCommerce WordPress Theme Flavius – Lawyer and Attorney WordPress Theme