Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti

w QODIROV ZIKRILLOXON MUSOXONOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998712321488
E-mail: shstdec@tsuos.uz

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakultetida to‘rtta mutaxassis tayyorlovchi va bitta nomutaxassislik kafedralari faoliyat olib boradi. Ular quyidagilar:

1) “Sharq mamlakatlar tarixi va antropologiyasi” kafedrasi.

2) “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi” kafedrasi.

3) “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi.

4) “Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi” kafedrasi.

5) “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi.

Fakultetda bugungi kunda asosiy shtatda 57 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan: 11 nafari fan doktori, professorlar; 22 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar; 25 nafari katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar.

Fakultet bo‘yicha ilmiy salohiyat 57.9 % ni tashkil etadi:

photo_2022-09-04_22-38-51

Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakultetida bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi)

60220300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) – 4 yil;

60220300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) – 4 yil;

60220500 – Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) – 4 yil;

60230500 – Antropologiya va etnologiya– 4 yil;

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kechki)

60220300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) – 4.5 yil;

60220300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) – 4.5 yil;

60220500 – Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) – 4.5 yil;

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (sirtqi)

60220300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha) – 5 yil;

60220300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) – 5 yil;

60220500 – Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) – 5 yil;

 

Magistratura mutaxassisliklari

70220301 – Tarix (yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha) – 2 yil;

70220303 Tarixshunoslik, manbashunslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo tarixi bo‘yicha) – 2 yil;

70220502 – Sharq falsafasi va madaniyati – 2 yil;

70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya – 2 yil;

70220503 – Tasavvuf germenevtikasi – 2 yil.

Fakultetda jami 879 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan:

461 nafar bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida,

169 nafar bakalavriat bosqichi kechki ta’lim shaklida,

179 nafar bakalavriat bosqichi sirtqi ta’lim shaklida,

70 nafar magistratura bosqichida,

Fakultetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘rganiladigan xorijiy tillar

Sharq tillari: Arab, Fors, Turk, Pushtu, Dariy, Hindiy, Urdu, Xitoy

G‘arb tillari: Ingliz, Nemis

Xalqaro aloqalar

Rossiya: Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika instituti, Sankt-Peterburg qo‘lyozmalar instituti, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti Sotsiologiya, tarix va falsafa departamenti, Davlat Ermitaji.

Xitoy: Shimoliy-g‘arbiy universitet, Shensi pedagogika universiteti, Lanjou universiteti.

Turkiya: Ankara universiteti, Istanbul universiteti, Xajittepe universiteti, Ederne universiteti, TIKA tashkiloti.

Niderlandiya: Leyden universiteti.

Ilmiy faoliyat va doktorantura

Doktorantura

Bugungi kunda fakultetda 15 nafardan ziyod doktorant va mustaqil tadqiqotchilar tarix va falsafa sohasidagi quyidagi shifr mutaxassisliklari bo‘yicha fan doktori (DSc)  va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda:

07.00.03 – Jahon tarixi

07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

09.00.03 – Falsafa tarixi

07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi

07.00.07 – Etnologiya, etnografiya va antropologiya.

Bugungi kunda quyidagi tashkilotlar bilan korporativ hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan:

O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zRFA Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zR VM huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Mirobod tumani Xalq ta’limi boshqarmalari.

Fakultet bitiruvchilari quyidagi tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritadi

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
  • Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi
  • O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari
  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
  • Fanlar akademiyasi Ilmiy tadqiqot institutlari
  • O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalari
  • Oliy ta’lim muassasalari
  • Fanlar akademiyasi muzeylari
  • Tarjima byurolari
  • Nashriyotlar
  • Qo‘shma korxonalar
  • O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi
  • Xorazm Ma’mun akademiyasi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetda faoliyat olib borayotgan to‘garaklar:

“Yosh tarixchi-sharqshunoslar”

“Yosh tarixchilar”

“Yosh faylasuflar”

Fakultet talaba-yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 5 ta tashabbus doirasida quyidagilar tashkil etilgan:

“ZAKOVAT” ligasi

 “Talabalar teatr studiyasi”

Dekan kubogi

Moddiy texnik baza

O‘quv binosi: Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi 20 uy

O‘quv auditoriyalari soni 45 ta

Kompyuter sinflari 4 ta

Multimediya majmuasi bilan jihozlangan auditoriyalar soni  37 ta

Talabalar turar joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasi 33 uy

Fakultet joylashgan binoda universitetning asosiy Axborot-resurs markazi (ARM) joylashgan bo‘lib, uning fondida 15000 ga yaqin nomdagi o‘quv adabiyotlari mavjud. ARMda yangi dastur bo‘yicha axborot resurslar bilan ishlashning zamonaviy imkoniyatlari yaratilgan. O‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarning to‘liq matnli elektron shakli skanerlash asosida ishlanib, dasturiy ta’minotga kiritish yo‘lga qo‘yilgan. ARMga a’zo bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun masofadan turib foydalanish imkoniyati ham yaratilgan.

 

555

234578112575

10.06.2024, 14:36 15455