Tahririy-nashriyot bo’limi
Ismailov Jasurbek Ravshanbekovich | ||
Lavozimi: | Bo’lim boshlig’i | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel.: | +9989988064954 | |
E-mail: | dr.jasurbek@gmail.com |
TDSHU tahririy-nashriyot bo‘limi vazifalari
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy risola va monografiyalar, uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar hamda boshqa o‘quv adabiyotlari tahrir qilinib, chop etishga tayyorlanadi.
Adabiyotlarining o‘z vaqtida va talab darajasida chop etilishiga, ularni matbaa talablariga javob berishiga, muqova dizayniga, ilmiy badiiy saviyasining yaxshilanib borishiga e’tibor qaratiladi.
Tahririry-nashriyot bo‘limida universitet muassisligida chop etiladigan “Sharqshunoslik. Востоковедение. Oriental studies”, “Sharq mash’ali” hamda “Turkologiya. Turkology” jurnallari nashrga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
Jurnallarning maqsad va vazifalari sharqshunoslik fanining, xususan, Sharq xalqlari va mamlakatlari madaniyati, tarixi, til va adabiyoti, san’ati, falsafasi, iqtisodi hamda siyosatshunosligi masalalariga oid dolzarb mavzularini o‘z sahifalarida muntazam yoritib borishdan iborat. Jurnallar 1 yilda 4 marta, ya’ni har chorakda bir chop etish joriy qilingan. Jurnallarning adadi 100 ta.
Shuningdek, universitet sayti uchun tayyorlangan materiallarni tahrir qiladi va saytga qo‘yish uchun taqdim etadi.
Tahririy-nashriyot bo‘limi xodimlar tarkibi
Tahririy-nashriyot bo‘limi zimmasidagi vazifalarni bajarish uchun malakali xodimlarga ega. Bo‘limda 7 nafar ishchi xodim ishlaydi. 4 nafar muharrir, 2 nafar musahhih faoliyat yuritadi.