Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDShI TTJda koronavirus infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha yashab turgan xorijlik talaba-stajer va o‘qituvchilar bilan olib borilayotgan ishlar xususida

02.04.2020, 17:20 Yangiliklar 1553

Yurtimizdagi koronavirus epidemiyasi oldini olish maqsadida barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy yil 16 mart kunidan boshlab talabalarga va 24 martdan boshlab professor-o‘qituvchilarga ta’til berilgan. O‘zbekiston hududi viloyatlaridan kelib tahsil oladigan talabalar mamlakatda karantin e’lon qilinishi bilanoq o‘z uylariga viloyatlarga jo‘natib yuborilgan.

Bugungi kunda TTJda 9 nafar xorijlik o‘qituvchi va talaba-stajerlar istiqomat qilishadi.
TTJda koronovirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, xususan, dezinfeksiya ishlari, tibbiyot punkti faoliyati, umumiy foydalanish xonalari, oshxonalar, kutubxonalar ish faoliyati, xorijlik fuqarolar uchun karantin davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida barcha sharoitlar yaratilgan. Xorijiy fuqarolar xonalari zaruriy moddiy-texnik bazasi bilan ham ta’minlangan.
Ta’til vaqtida TTJda yashab turgan xorijlik talaba-stajyor va o‘qituvchilarning zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, sanitariya-gigiena hamda zarur bo‘ladigan dastlabki dori-darmon, ya’ni birinchi yordam vositalari bilan institut tomonidan ta’minlangan.
TTJ binosining birinchi qavatida xorijiy mehmonlar uchun alohida tibbiyot xonasi – izolyator tashkil etilgan. TTJ binosi internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 24 soat davomida foydalanish imkoniyatiga ega.
Karantin davrida institut xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari hamda ularga biriktirilgan kafedra mas’ullari tomonidan xorijlik o‘qituvchi va talabalar bilan qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar (telegram, Facebook) orqali bog‘langan holda ularga karantin tartib qoidalariga rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazilishi, shuningdek, yashash sharoitlari va holidan xabar olib turilmoqda.

photo_2020-04-02_15-16-15 photo_2020-04-02_15-16-17