Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU delegatsiyasi Boku shahridagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

16.12.2022, 09:33 Yangiliklar 1017

BRM 4

2022-yilning 14-15-dekabr kunlari Boku davlat universitetida Sharqshunoslik fakultetining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Ozarbayjon sharqshunosligi ilmiy-madaniy va ijtimoiy-siyosiy Sharq-G‘arb muloqoti kontekstida” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya BDU tomonidan Ozarbayjon Turk madaniyati va merosi xalqaro jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi. Konferensiya ochilishi oldidan BDU rektori Elchin Babayev xorijiy tashkilotlar va universitetlardan taklif etilgan konferensiya ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi,unda ilmiy tadqiqot va ta’lim dasturlarining turli yo‘nalishlari, jumladan, ikki va uchlik diplom dasturlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi faol ishtirok etdi. Universitet prorektori A.Vohidov, arab filologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Shamusarov, xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri S.Nazarova yig‘ilganlarni universitetning yo‘nalish va mutaxassisliklari, ayniqsa turk filologiyasi yo‘nalishida  ozarbayjon tilini oʻrganish joriy oʻquv yilining ikkinchi semestridan boshlanishi va  istiqbolda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va qoʻshma taʼlim dasturlari, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi, talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish mumkinlgi takidlab o`tildi. BDU rahbariyati bunday hamkorlikka qiziqish va Toshkentda ozarbayjon tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Ushbu uchrashuvdan so’ng,  konferensiya ochilishida faxriy mehmonlar, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari, jumladan, TDSHU  o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.A. Vohidov, rektor G. Rixsiyevaning tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi. Tabrik so‘zi ishtirokchilarda, ayniqsa, BDU va barcha sharqshunoslik markazlari bilan hamkorlik istiqbollari alohida ta’kidlangani katta qiziqish uyg‘otdi. Konferensiyaning birinchi kuni yalpi majlisda professor Sh.Shamusarov “Movaroannahrda arab tilini o‘qitish”, dotsent S.A.Nazarova “Talabalarning chet tillari madaniyatlararo muloqotini o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlari sharhi ( xitoy tili misolida) mavzularida ma’ruza qildilar. “Uzoq Sharq tilshunosligi” bo‘limida Dana Kamilla “Xitoy madaniyatida yo‘lbars obrazining ramziyligi” mavzusida taqdimot qildi.