TDSHU dotsenti, urdushunos olima Muhayyo Abdurahmonovaga Pokiston Islom Respublikasi hukumati tomonidan “Tamg‘a-e-imtiyaz” mukofoti bilan taqdirlandi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2024/05/MG_35431-1024x683.jpg)
Avval xabar berganimizdek, TDSHU dotsenti, urdushunos olima Muhayyo Abdurahmonova O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda, shuningdek, O‘zbekistonda sharqshunoslik sohasi, jumladan urdu tilini rivojlantirishga qaratilgan beqiyos xizmatlari uchun 23-mart “Pokiston kuni” bayrami arafasida Pokiston Islom Respublikasi hukumati tomonidan “Tamg‘a-e-imtiyaz” mukofoti bilan taqdirlangan edi.
2024- yil 7- may kuni Pokiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida M.Abdurahmonovaga mukofotni topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.