Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU kasaba uyushmasi yomonidan talalar va professor-o’qituvhilarni q’lab-quvvatlash borasida amalga oshirgan ishlari hisoboti

TDShU kasaba uyushma qo‘mitasining universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari hamda talabalarni ijtimoiy himoya qilish va mehnat muhofazasi bo‘yicha Jamoa shartnomasini bajarish yuzasidan 2025 yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot

TDShU kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyatida xodimning yozma arizasiga ko‘ra, unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak. 2025 yilda jami 48 nafar professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga ish haki saqlanmaydigan ta’til berilgan.

Ijtimoiy muhofaza va moddiy yordam ko‘rsatish doirasida universitet kasaba uyushmasi rayosati qarori va tavsiyasiga binoan 2025 yil mobaynida universitet ma’muriyati tomonidan 66 nafar professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimga oilaviy sharoiti, to‘y va ma’rakalar o‘tkazishlari, sog‘liqlarini tiklash va dori-darmon xarid qilishlari uchun jami  231 192 304 so‘m miqdorida byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratildi.

Og‘ir oilaviy sharoiti, ota-onasining vafot etganligi, kam ta’minlanganligi, nogironligi sababli  jami 6 nafar talabaga  21 750 966 so‘m miqdorda byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalarning universitetga qabuli bo‘yicha bakalavriatining  kunduzgi taʼlim shakliga 2025/2026-oʻquv yili uchun 875 ta (shundan 740 o‘zbek guruhi, 135 nafar rus guruhi) kvota doirasida qabul rejalashtirilgan. Bilim va malakalarni baholash agentligining 2025/2026-oʻquv yili uchun test sinovi natijalari qaydnomalariga muvofiq 1150 nafar (shundan 974 nafar o‘zbek guruhi, 176 nafar rus guruhi) abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bakalavriatining  kunduzgi taʼlim shakliga Qabul kvotasidan tashqari “Imtiyozlar asosida” 251 nafar abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan. Xususan, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetim abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida 5 nafar, kambag‘al oila reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlarining 18 nafari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida 17 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgan tavsiyanoma bilan oliy taʼlim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida 77 nafar qizlar talabalikka tavsiya etilganva universitetga talabalikka qabul qilingan.

O‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, universitet, shahar, respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda, siyosiy tadbirlarda volontyorlikka jalb etilgan jamoat ishlarida faol ishtirok etganliklari munosabati bilan 196 603 445 so‘m mablag‘ universitet talabalariga moddiy rag‘batlantirish sifatida berildi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirdi:

– universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ko‘p sonli oila a’zolari bo‘lgan kasaba uyushma a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatildi. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi rayosati qaroriga binoan 2025 yil mobaynida kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 113 nafar o‘qituvchilar, ishchi-xodimlarga 65 257 500 so‘m miqdorda moddiy yordam ajritilgan.

Jamoa shartnomasining “Ijtimoiy sug‘urta. Ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar” deb nomlangan 9-bobida belgilangan moddalarga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar bo‘yicha ro‘yxatda turuvchi xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan davri (umumiy ish staji)ga qarab – ish haqining 60 dan 100 foizigacha, homiladorlik va tug‘ish ta’tili bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalari bo‘yicha xodimning universitetdagi ish stajiga qarab – ish haqining 50, 75 va 100 foizigacha, boshqa hollarda, xodimning umumiy ish stajiga qarab – ish haqining 60 dan 80 foizigacha to‘lovlar amalga oshirildi.

2025 yilda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan 65 nafari o‘zlari va oila a’zolarini sog‘liklarini tiklashlari va dam olishlari uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan respublikamizning turli hududlaridagi sanatoriylar va dam olish maskanlariga yuborildi.

Uzoq yillik samarali mehnatlari va oilaviy sharoiti yuzasidan 11-noyabr O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan axborot resurs markazi direktori Yuldasheva Marguba Meliyevnaga, Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi farroshi Malohat Eshimovaga Turon sanatoriyasiga, qorovul Bahrom Zufarovga Botanika sanatoriysiga, xo‘jalik bo‘limi farroshi Ortiqova Nafisa Dadajanovnaga Oqtosh sanatoriysiga universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Ta’lim va Fan xodimlari Kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan  bepul yo‘llanma taqdim etildi.

Universitet kasaba uyushmasi tomonidan Nogironlar kuni munosabati bilan gala konsert, davlat dasturlarini bajarish borasida mehnatkashlar va yoshlar o‘rtasida taniqli fan, adabiyot va san’at arboblari, adabiyotshunoslar, ishlab chiqarish ilg‘orlarini jalb etgan holda, har-xil mavzudagi mazmunli va qiziqarli uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

01.04.2026, 16:47 10