TDSHU talabalari gid amaliyoti jarayonida
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kechki ta’lim “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishi, 2-kurs yapon-ingliz guruhi faol talabalari Ummatova Gulchehraxon va Turdiev G‘ayratbek yetakchiligida 2021-yil 17-oktabrda “O‘zbekistonda madaniy obidalar” fani doirasida Samarqand shahrida gid amaliyoti o‘tkazildi. Mazkur gid amaliyoti davomida universitetning kechki va kunduzgi, shuningdek, Toshkent shahridagi yettita oliy ta’lim muassasalari talabalari ham ishtirok etishdi.
Amaliyot davrida “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishi talabalari fan doirasida o‘zlashtirgan bilimlari asosida talabalarga, mahalliy va xorijlik sayyohlarga ham Samarqand shahridagi obidalar bo‘yicha ma’lumotlar berishdi.
Bu kabi gidlik amaliyoti talabalarning nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishda katta tajriba bo‘ldi.
TDSHU Matbuot xizmati