Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Biz xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!” davra suhbati

21.11.2021, 16:50 Yangiliklar 1657

TDSHU Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida Universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Biz xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Mirobod tumani IIB xodimlari podpolkovnik T.M.Isamuxamedov, katta inspektor mayor N.Kamilova, katta leytenant psixolog D.Ibragimovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

1

Ma’ruzalarda tazyik va zo‘ravonlikni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning turlari, oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlikning aks ettirilishi va himoya orderining berilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, talabalar bilan psixologik trening o‘tkazildi. Talabalar tomonidan berilgan savollar ma’ruzachilar tomonidan  hayotiy voqealar misolida asoslab berildi. Bahs munozara shaklida o‘tgan mazkur davra suhbati talabalarga juda manzur bo‘ldi.

TDSHU Matbuot xizmati