TDSHUda “O‘zbekistonda arabshunoslik: an’analar, zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
2025-yil 18-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekistonda arabshunoslik: an’analar, zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Arab davlatlarining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari ham qatnashdilar.
Anjuman arabshunoslik sohasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida O‘zbekistonda arabshunoslikning boy ilmiy an’analari, arab tili va adabiyotini o‘rganishdagi dolzarb masalalar, manbashunoslik, tarjimashunoslik hamda fanlararo tadqiqotlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, sohada erishilgan yutuqlar va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Ilmiy-ma’rifiy tadbir arabshunoslik yo‘nalishida ilmiy salohiyatni oshirish, tajriba almashish va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.




























