Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TIL NAZARIYASI VA AMALIYOTI MARKAZI

4 Markaz direktori USMANOVA SHOIRA RUSTAMOVNA
Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha
Tel: +998903481005
e-mail: shoira_usmanova@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

  1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– Til nazariyasi va amaliyotiga oid masalalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasida ushbu sohani yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;

– Til nazariyasi va amaliyoti yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;

– Til nazariyasini turli xil tillar nazariyalarini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali dunyo miqyosida targʻib etish;

– O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til nazariyasi va amaliyoti bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

– Til nazariyasi va amaliyotiga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, o‘zbek tili, o‘ztel tili nazariyasiga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali milliy maktab merosini dunyoga tanitish;

– Til nazariyasi va amaliyotining rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha hamkor OTMlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;

– Markaz ishiga yurtimiz va xorijda faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlarni jalb qilish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, OTMlar bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;

– Universitetda til nazariyasi yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.

  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Til nazariyasi va amaliyotining dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Til nazariyasi va amaliyoti boʻyicha amalga oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Til nazariyasi va amaliyoti boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

– Til nazariyasi va amaliyoti markazi huzurida 2 ta ilmiy seminarlar: “Dissertatsiya mavzusiga ariza: tadqiqot mavzusini shakllantirish, dolzarbligini asoslash, yangilik, tadqiqot manbalari, ma’lumotlar” va “Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy natijalari taqdimoti” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

05.11.2024, 11:18 47